35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madad" NNT bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Manzilli dastur ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Deputat va fuqarolar: muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada hududni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Bog‘ishamol” mahallasidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 11-sonli maktabdagi holat nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi deputatlar e’tiborida
BUNYODKOR MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

 BUNYODKOR MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich, Kengash kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan 5-Bunyodkor saylov okrugi hududidagi Bunyodkor mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi.

👥 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy masalalar, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

🗣 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bevosita joyida tinglanib, ularning taklif va mulohazalari o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, muammolarni manzilli o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

⚖️ Mazkur uchrashuv va o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash tamoyillaridan kelib chiqib tashkil etildi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.

🏘 Fuqarolar murojaatlarini joyida eshitish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2