Xususan:
🟢Infratuzilma holati: Hududdagi ko‘chalarning holati, ichki yo‘llar, ko‘cha yoritish tizimlari hamda kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.
🟢Obodonchilik: "Mahallabay" ishlash tizimi doirasida ko‘chalarning tozaligi va obodligi nazoratdan o‘tkazildi.
💬"Bizning maqsadimiz — xonadonma-xonadon, ko‘chama-ko‘cha yurib, har bir fuqaroning dardu tashvishini bevosita o‘zidan eshitishdir. Faqatgina joyiga chiqqan holda o‘rganilgandagina, muammolarga haqiqiy va manzilli yechim topish mumkin," — deya ta'kidlashdi mas’ullar.
💬Mazkur o‘rganishlar shunchaki navbatdagi tadbir emas, balki muammolarga manzilli yechim topish maqsadida mahallalarda tizimli ravishda amalga oshirilayotgan amaliy harakatlardir.
💬Aniqlangan barcha kamchiliklar umumlashtirilib, deputat murojaat daftariga batafsil qayd etildi.
🫥Shuningdek, ushbu masalalar shahar Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishlarida ijro organlari rahbarlari ishtirokida keskin muhokama qilinishi hamda aniq yechim topilishi ta’minlanadi.