Kuni kecha Kengash kotibiyati xodimlari hamda Kengash deputati A.Mustafakulov ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faoli faoliyatini tahlil qilganidan so‘ng, o‘rganishlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida bevosita hududga — aholi xonadonlariga chiqib, nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.
💬 Deputatlar tashrifi davomida ijtimoiy xodimning faoliyatini tahlil qilish uchun eng asosiy mezon — aholining o‘zini tinglashga urg‘u berildi. Shu maqsadda, mahallada yashovchi fuqarolar bilan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
💬 Suhbat markazida quyidagi qonunlar ijrosi va amaliy natijalar bo‘ldi:
🟢O‘RQ-415-sonli Qonun ijrosi: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning sifati, muammolarning qay darajada hal etilishi hamda aholining ijtimoiy xizmatlardan qanchalik mamnunligi muhokama qilindi.
🟢O‘RQ-641-sonli Qonun ijrosi: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularning huquqlari ta’minlanishi va yaratilgan shart-sharoitlar haqida aholining fikr-mulohazalari tinglandi.
💬O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.