Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI HAMKORLIK VA BOSHQARUV TIZIMI – DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Muammolar joyida o‘rganilmoqda: "Yulduz" mahallasida ko‘chama-ko‘cha tahlil — aniqlangan kamchiliklar deputat nazoratida!
янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati joyida: “Yulduz” mahallasida mahalla faollari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Islohotlar kuchini birlashtirgan hamkorlik
янв.21
30-iyun — O‘zbekistonda Yoshlar kuni
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun 🏛️Qonun va deputat faoliyati
янв.21
Qonun ustuvorligi va ijtimoiy himoya: "Ma’rifat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati aholi bilan bevosita muloqot orqali tahlil qilindi!
янв.21
Deputatlar tomonidan sessiya oldi kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: ijtimoiy himoya tizimi ijrosi joyida o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI ZOMIN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 19-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiyada Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Mamatqulov Oybek Axmedovich ishtirok etdi.
Shuningdek, sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari, siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-sonli “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

✅ Tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan hududlarda ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish masalasi muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi.

✅ Tuman “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

✅ Tumanda yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasi deputatlar tomonidan muhokama qilinib, tasdiqlandi.

✅ Tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasi holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

✅ Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashining 2025-yil 7-maydagi VII-8-76-3-48-K/25-sonli hamda 2026-yil 26-fevraldagi VII-6-37-3-48-K/25-sonli qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qaroriga asosan “Ochiq byudjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” tashabbuskor loyihalari uchun o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlari yakuni hamda mazkur loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot tinglandi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mutasaddilarga aniq vazifalar va topshiriqlar belgilab berildi.

Slide 1 of 9