Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muammolar joyida o‘rganilmoqda: "Yulduz" mahallasida ko‘chama-ko‘cha tahlil — aniqlangan kamchiliklar deputat nazoratida!
янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati joyida: “Yulduz” mahallasida mahalla faollari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Islohotlar kuchini birlashtirgan hamkorlik
янв.21
30-iyun — O‘zbekistonda Yoshlar kuni
янв.21
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun 🏛️Qonun va deputat faoliyati
янв.21
Qonun ustuvorligi va ijtimoiy himoya: "Ma’rifat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati aholi bilan bevosita muloqot orqali tahlil qilindi!
янв.21
Deputatlar tomonidan sessiya oldi kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: ijtimoiy himoya tizimi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Ipoteka va subsidiya masalalari — “Xalqparvar” komissiyasi diqqat markazida
Munosabat

 Deputatlik faoliyati, eng avvalo, xalq bilan doimiy muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari va takliflarini eshitish hamda muammolariga amaliy yechim topishni talab etadi. Zero, saylovchilar ishonchi bilan bildirilgan har bir ovoz deputat zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. 

Joriy yilning o‘tgan davri davomida 5-«Oybek» saylov okrugi hududi aholisi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berish barobarida fuqarolarning murojaatlari, taklif va fikrlarini tinglashga alohida e’tibor qaratildi. Bunday ochiq muloqotlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Uchrashuvlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ijtimoiy himoya tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan Farmon
va qarorlarning mazmun-mohiyati haqida saylovchilarga atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilinayotgan qarorlarning aholi manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi. 

Joriy yil uchun qabul qilingan «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar ham uchrashuvlarning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Xususan, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. 

Joriy yil boshidan buyon saylovchilardan jami to‘qqizta murojaat kelib tushdi. Ularning barchasi har tomonlama o‘rganilib, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda. 

Ayniqsa, «Oybek» mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil qilinib, zarur dori-darmonlar ajratildi. Shuningdek, mahalla ko‘chalarini tungi
yoritish tizimini yaxshilash, piyodalar yo‘lakchasini barpo etish hamda eski elektr simyog‘ochlarini yangisiga almashtirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Bu ishlar aholining kundalik hayoti uchun muhim bo‘lgan qator
muammolarning ijobiy hal etilishiga xizmat qildi. 

Quvonarlisi, saylov okrugimiz hududida avtomobil yo‘llarini asfaltlash va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalar ham bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda. Bu esa aholining turmush sifati va farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. 

Shu bilan birga, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar hamda deputatlik guruhi yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, aholini o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalarni ko‘tarish va ularning yechimi yuzasidan taklif hamda tashabbuslar bildirib borilmoqda. 

Saylovchilarning ishonchi men uchun yuksak mas’uliyatdir. Shu bois kelgusida ham aholi bilan ochiq va samarali muloqotni davom ettirish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shish deputatlik faoliyatimning ustuvor vazifasi bo‘lib
qoladi. 


Dilfuza URAZBAYEVA,
5- “Oybek” saylov okrugidan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati