Deputat va mahalla faollari muloqoti: murojaatlar yechimiga e’tibor
♾Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Gulshod Xolmatova tumandagi Quduqsoy mahallasida bo‘lib, mahalla faollari hamda aholi vakillari bilan uchrashdi.
🔘Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, mahalla yettiligi faollari bilan hududdagi ijtimoiy masalalar, aholi bandligini ta’minlash va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
➡️Deputat aholini qiziqtirgan savollarga javob berib, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, turmush farovonligini oshirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi.