Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi A.Mustafakulov Termiz shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldilar.
💬 Ushbu maktab joriy yilning birinchi mavsumida fuqarolar va mahalla ahlining faolligi evaziga “Tashabbusli budjet” (Open Budget) jarayonida maktabning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish loyihasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan edi.
💬 Mutasaddilar loyiha doirasida ajratilgan mablag‘lar evaziga maktabga olib kelingan barcha jihozlarni yaqindan ko‘zdan kechirdilar.
💬 Jumladan:
🟢Keltirilgan yangi parta, stol-stullar va sinf xonalari uchun jihozlar;
🟢Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarining sifati va ularning o‘quvchilarga yaratadigan imkoniyatlari darajasi o‘rganildi.
💬 “Tashabbusli budjet” loyihasi davlat mablag‘larini aynan jamoatchilik va ta’lim muassasalari uchun eng zarur bo‘lgan manzillarga yo‘naltirishda o‘zining yuqori samarasini bermoqda. Keltirilgan har bir jihoz o‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim olishi hamda pedagoglarning munosib sharoitda dars o‘tishlariga xizmat qiladi.