Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Mustafakulov shahardagi Viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida bo‘ldilar.
💬 Ushbu tibbiyot muassasasi joriy yilning 1-mavsumida fuqarolar faolligi evaziga “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib deb topilgan.
💬 Loyihaga ko‘ra, markazda quyidagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi belgilangan:
🟢Markaz atrofini o‘rab turgan devorlarni butkul qayta qurish;
🟢Ikkala asosiy kirish darvozalarini yangilash;
🟢Markaz ichki yo‘laklarini to‘liq asfaltlash.
💬 Mutasaddilar loyihaning bugungi holati yuzasidan markaz rahbariyati bilan batafsil suhbat olib bordilar.
💬 Suhbat davomida loyihani amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha barcha zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilib yakunlangani hamda hozirda tender (tanlov) jarayonlari ketayotganligi bildirildi.
💬 Komissiya raisi A.Mustafakulov ajratilayotgan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, qurilish materiallarining sifatli bo‘lishi va ishlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan deputatlik nazorati qat'iy olib borilishini ta'kidladi.