⏺Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. O‘rganishda asosiy e’tibor mahalladagi mas’ul xodimlarning o‘zaro hamjihatligi hamda aholi muammolarini hal etishdagi shaxsiy mas’uliyatiga qaratildi.
💬Tahlillar davomida, ayniqsa, mahalla raisi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati ko‘zdan kechirildi.
💬Jumladan:
🔅Mahalla raisining hududni rivojlantirish va aholi bilan ishlash tizimi;
🔅 Yoshlar yetakchisining yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
🫥Maqsad — natijadorlik:
Uchrashuv yakunida mahalla vakillariga aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va "mahallabay" ishlash tizimini yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.