💬Joriy yilning 30-martida deputat D.Normuradova tomonidan ushbu masalani hal etish yuzasidan shahardagi mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lib, so‘rovda ko‘p qavatli uylarning yer to‘lalarini dezinfeksiya qilish masalasi ko‘tarilgan.
✔️Murojaat o‘z vaqtida va samarali o‘rganilib, zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshirildi. Aholi uchun sanitariya-gigiyena muhiti yaxshilandi va xavf tug‘diruvchi omillar bartaraf etildi.
💬Mahallada sog‘lom va xavfsiz yashash muhitini yaratish – deputat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.