Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi 7-okrug deputati Bazarbayeva Feruza Baxtiyarovna tomonidan saylangan okrug hududidagi “Xaydarobod” mahallasi, “Me’morlar” ko‘chasi aholisining murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida “Me’morlar” ko‘chasining ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi. Aholining bildirishicha, yog‘ingarchilik davrida mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar, xususan, bolalar va keksalar uchun jiddiy noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Deputat tomonidan ushbu masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.
Mazkur deputatlik so‘rovi mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz ijtimoiy muhit yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning muhim bosqichlaridan biri sifatida baholanadi.