Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman Kengashi deputatlari I.Ro‘ziyev, kotibiyat mudiri I.Xolovlar hamkorligida Ushot MFY hududida joylashgan 5-son umumiy o‘rta ta’limi maktabida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
✔️Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilarning orzu-intilishlari, ta’limdagi yutuqlari hamda kelgusi rejalari muhokama qilindi. Ayniqsa, maktab partasidayoq oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lishga erishgan iqtidorli o‘quvchilar alohida e’tirof etildi.
✔️Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajakda malakali kadr bo‘lib yetishishlari uchun zarur shart-sharoitlar haqida fikr almashildi.
✔️Mazkur muloqot yoshlarning faolligini oshirish, ularni yangi yutuqlarga erishish va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.