Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Mirzayev Baxodir Suyunovich “Oqqo‘rg‘on” mahallasida saylovchilarga 2026-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Uchrashuvda deputat tomonidan mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi muammolari yechimi bo‘yicha qilingan ishlar xaqida hisobot berilib, yoshlarda ekologik madaniyat darajasini yuksaltirish, ularni tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar xaqida suhbatlashildi.
Shuningdek, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlar muhokama qilinib, fuqarolarning murojaatlarini belgilangan qounun doirasida hal etish choralari belgilab olindi.