🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati J.Sadirov tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i, deputat M.Ashurov, "mahalla yettiligi" a'zolari, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva bilan birgalikda mahalla aholisi muammolarini o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, ichki ko‘chalarni yoritish, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatida mavjud muammolar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
🔹Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.