Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla — islohotlar ko‘zgusi: “O‘zbekiston” mahallasi faollari bilan muloqot
янв.21
Muammoni eshitish emas, ko‘rish va hal etish — deputatning asosiy vazifasi
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi: Kadastr tizimida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi
янв.21
“Ochiq budjet”: Xalq tanlagan loyihalarni moliyalashtirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash tizimi deputat nazoratida: "Guliston" mahallasi tahlil qilindi
янв.21
Mahalla boshqaruvi va "yettilik" faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIK — DAVR TALABI!
янв.21
Maktabdagi muammo hal etildi: Deputat amaliy yordami samarasi
янв.21
Ijtimoiy adolat va xalq roziligi — ustuvor yo‘nalish!
Tuman sog‘liqni saqlash tizimidagi tekshirish natijalari muhokama etildi

Tuman sog‘liqni saqlash tizimidagi tekshirish natijalari muhokama etildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi ish rejasiga muvofiq, tuman tibbiyot birlashmasida Kengash deputatlari hamda Kengash huzuridagi eksper guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan edi. Mazkur o‘rganishlar natijalari Kengash sessiyasida muhokama qilinib, qator kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.

Shundan kelib chiqib, bugun Qiziriq tumani hokimi — deputat Sh.Allamurotov xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.

⏺ Yig‘ilishning asosiy maqsadi — tumanimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

⏺ Yig‘ilish avvalida tibbiyot xodimlarining mas’uliyatli va sharafli mehnati alohida e’tirof etilib, ularning aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yuqori baholandi.

⏺ Shuningdek, Kengash deputatlari tomonidan tuman sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini o‘rganish natijalari atroflicha muhokama qilindi.

Tekshirish davomida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

• ayrim tibbiyot muassasalarida moddiy-texnik baza yetarli darajada emasligi;

• dori-darmon ta’minotida uzilishlar mavjudligi;

• malakali kadrlar yetishmovchiligi;

• aholi murojaatlariga o‘z vaqtida javob berilmayotgan holatlar;

• ijro intizomi hamda ish yuritishda kamchiliklar mavjudligi;

• markaziy shifoxonada ichimlik suvida uzilishlar kuzatilayotgani;

• mavjud ayrim tibbiy apparatlarning ishlamayotganligi;

• sanitariya holati talab darajasida emasligi, xususan hojatxonalar ahvoli qoniqarsizligi;

• palatalarning holati yetarli darajada emasligi;

• bemorlar uchun tashkil etilgan ovqatlanish sifati talabga javob bermasligi.

📌 Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash tizimida xizmat sifatini tubdan yaxshilash, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda hal etish hamda mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

✔️ Ta’kidlab o‘tildiki, aholi salomatligini ta’minlash masalasi doimiy nazoratda bo‘lib, bu boradagi ishlar qat’iy nazorat ostida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 5