Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida
янв.21
Gemotologiya bo‘limida deputatlik o‘rganishlari
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATIDA: REPRODUKTIV SALOMATLIK, ZAMONAVIY TIBBIYOT VA SHAFFOFLIK!
янв.21
Mahalla tizimi — islohotlar ko‘zgusi: “Shodlik” mahallasida o‘rganishlar olib borildi
янв.21
PREZIDENT QARORI: IJTIMOIY HIMOYADA YANGI BOSQICH!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AMALDA!
янв.21
“Namuna” mahallasi — amaliy ishlar va yoshlar tashabbusi bilan haqiqiy namunaga aylanmoqda!
янв.21
YANGI TURAR JOY MAJMUALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Maktab ta’miri — deputatlar nazoratida
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI IJRODA: CHO‘LPON KO‘CHASI ASFALTLANDI
PREZIDENT QARORI: IJTIMOIY HIMOYADA YANGI BOSQICH!

Bu qaror aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, tizimda shaffoflikni ta’minlash va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi muhim o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi:

💬Asosiy yangiliklar:

🔅"Ijtimoiy karta" joriy etiladi: Bu orqali barcha ijtimoiy to‘lovlar, subsidiyalar va kompensatsiyalar bir platformada birlashtiriladi.

🔅To‘liq raqamlashtirish: Ijtimoiy himoya tizimi to‘liq raqamlashtirilib, "E-ijtimoiy himoya" axborot tizimi orqali barcha xizmatlar tezkor va shaffof ko‘rsatiladi.

💬Bosqichma-bosqich joriy etish:

 🔅2024-yil 1-dekabrdan boshlab pensiya va nafaqalar "Ijtimoiy karta" orqali to‘lanadi.

 🔅2026-yil 1-fevraldan boshlab esa boshqa barcha ijtimoiy to‘lovlar ham ushbu karta orqali amalga oshiriladi.

💬"Inson" markazlarining roli kuchaytiriladi: Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining faoliyati yanada takomillashtiriladi.

💬Maqsad: Har bir fuqaroning ijtimoiy himoyaga bo‘lgan huquqini kafolatlash, ayniqsa ehtiyojmand oilalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlash.

🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari ushbu muhim qarorning joylarda samarali ijrosini ta’minlash, aholiga uning afzalliklarini tushuntirish va yuzaga keladigan masalalarni hal etishda doimiy nazorat olib boradi.