Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” ning navbatdagi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi, o‘rinbosari va a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdilar. Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar mutasaddilarining hisobotlari deputatlar tomonidan eshitildi. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.