Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh.Mardonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Ikromov tomonidan Bobur mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Jumladan, hududda faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimning xizmat faoliyati, uning aholi bilan ishlash samaradorligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularni hal etish borasidagi yondashuvi atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar bilan ishlash holati alohida e’tiborga olindi.
Shuningdek, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.
Shu bilan birga, deputat va mutaxassis tomonidan mahalla hududidagi bir qator xonadonlarga tashrif buyurilib, aholining yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda mavjud muammolari o‘rganildi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi
hamda tegishli tartibda hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!
| Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) | Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) | Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) | Instagram (https://www.instagram.com/madadnnt_/) |Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)