Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishning yangi bosqichi
янв.21
OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida
янв.21
Gemotologiya bo‘limida deputatlik o‘rganishlari
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATIDA: REPRODUKTIV SALOMATLIK, ZAMONAVIY TIBBIYOT VA SHAFFOFLIK!
янв.21
Mahalla tizimi — islohotlar ko‘zgusi: “Shodlik” mahallasida o‘rganishlar olib borildi
янв.21
PREZIDENT QARORI: IJTIMOIY HIMOYADA YANGI BOSQICH!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AMALDA!
янв.21
“Namuna” mahallasi — amaliy ishlar va yoshlar tashabbusi bilan haqiqiy namunaga aylanmoqda!
янв.21
YANGI TURAR JOY MAJMUALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Maktab ta’miri — deputatlar nazoratida
Deputat mahallada

 📢 Xalq deputatlari Piskent
Kengashi deputati Botir Nuriddinov tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
 

➡️ Deputatlik so‘rovi “Piskent Tuman “Suv
yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari R.Xo‘jamqulov nomiga
yo‘naltirildi.
 

So‘rovda qayd etilishicha,
Oqtom MFY o‘rganish natijasida fuqarolardan
kelib tushgan murojaatga asosan joyiga chiqib o‘rganilganda Oqtom MFY
hududidan
oqib o‘tuvchi Toshkanal oxiri
Tojikiston Respublikasi chegarasiga yaqin joydagi Yoshlar uchun ajratilgan 6
gektar yer maydoniga Toshkanalda chiqadigan suv quvuri yopib tashlanganligi
aniqlandi. Natijada Prezident qarori bilan Yoshlar uchun ajratilgan 6 gektar
yer maydoni suvsiz qolayotgani, yoshlarni norozichiligi kelib chiqishiga sabab
bo‘layotgani ta’kidlanmoqda.
 

  

Shu munosabat bilan, hudud aholisi
tomonidan tuman Kengashi deputatiga murojaat yo‘llanib, Ushbu joy nima sababdan
yopib tashlanganligini muammoni bartaraf etish to‘g‘risida ma’lumot so‘ralgan.
 

  

🛡 Shuningdek, u deputatlik
so‘roviga javob qaytarishda qonun talablari asosida masalaga jiddiy e’tibor
qaratish lozimligini eslatib o‘tdi. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
8-moddasiga binoan, deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki uni
kechiktirish, yoxud bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish holatlari uchun
mansabdor shaxslarga jarima qo‘llanilishi belgilangan.
 

  🔻 Mazkur deputatlik so‘rovi fuqarolarga qulay ijtimoiy muhit
yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir muhim bosqichi
sifatida e’tirof etiladi.