Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishning yangi bosqichi
янв.21
OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida
янв.21
Gemotologiya bo‘limida deputatlik o‘rganishlari
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATIDA: REPRODUKTIV SALOMATLIK, ZAMONAVIY TIBBIYOT VA SHAFFOFLIK!
янв.21
Mahalla tizimi — islohotlar ko‘zgusi: “Shodlik” mahallasida o‘rganishlar olib borildi
янв.21
PREZIDENT QARORI: IJTIMOIY HIMOYADA YANGI BOSQICH!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AMALDA!
янв.21
“Namuna” mahallasi — amaliy ishlar va yoshlar tashabbusi bilan haqiqiy namunaga aylanmoqda!
янв.21
YANGI TURAR JOY MAJMUALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Maktab ta’miri — deputatlar nazoratida
Deputat tashabbusi amalda

 Deputat tashabbusi amalda 

  Pop tuman Kengashi deputati Elmurod O‘rmonov tashabbusi bilan Navbahor mahallasi hududidagi katta yo‘l infratuzilmasini
yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
 

  Xususan, tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi xodimlari tomonidan Navbahor—Pop yo‘nalishidagi qatnov yo‘lining
yaroqsiz holga kelib qolgan qismlari aniqlanib, maxsus texnika va ishchi kuchlari jalb etilgan holda asfalt qoplamasi bilan ta’mirlandi. Yo‘ldagi chuqurlar va nosoz joylar yamalab chiqilib, harakat ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz sharoit
yaratildi.
 

  Mazkur ishlar aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida amalga oshirilgan bo‘lib, yo‘llarning sifatli holatga keltirilishi hududdagi transport harakatini yanada yengillashtirishga xizmat qiladi. 

  Bunday amaliy chora-tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan. 

Slide 1 of 4