Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishning yangi bosqichi
янв.21
OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida
янв.21
Gemotologiya bo‘limida deputatlik o‘rganishlari
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATIDA: REPRODUKTIV SALOMATLIK, ZAMONAVIY TIBBIYOT VA SHAFFOFLIK!
янв.21
Mahalla tizimi — islohotlar ko‘zgusi: “Shodlik” mahallasida o‘rganishlar olib borildi
янв.21
PREZIDENT QARORI: IJTIMOIY HIMOYADA YANGI BOSQICH!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AMALDA!
янв.21
“Namuna” mahallasi — amaliy ishlar va yoshlar tashabbusi bilan haqiqiy namunaga aylanmoqda!
янв.21
YANGI TURAR JOY MAJMUALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Maktab ta’miri — deputatlar nazoratida
🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar

🏗 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganishlar

👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda deputat Polvonova Zebo Omonbayevna tomonidan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar olib borildi.

📜 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Farmoni, 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori, shuningdek, respublika ijro etuvchi organlarining tegishli qo‘shma qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.

🏢 Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosida Shovot tumani hokimligi tomonidan mahalla “yettiligi” hamda oilalarni o‘rganish bo‘yicha tasdiqlangan ishchi guruh xulosalariga tayangan holda, tumandagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati chuqur o‘rganildi.

🏠 Xususan, energiya samaradorligini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda isitish tizimlarini modernizatsiya qilish zarur bo‘lgan, I-guruh nogironligi mavjud va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 5 ta oila xonadonlari manzilli tarzda o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida ushbu oilalarning turmush darajasi, uy-joylarining texnik va issiqlik ta’minoti holati, energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi hamda mavjud muammolari har tomonlama tahlil qilindi.

📝 Shu bilan birga, har bir xonadon kesimida aniqlangan kamchilik va ehtiyojlarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilib, tegishli xulosalar shakllantirildi.

⚙️ O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mazkur oilalarning uy-joylarini energiya tejamkor holatga keltirish, isitish tizimlarini yaxshilash hamda ularning yashash sharoitlarini yanada barqarorlashtirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi belgilandi.

📈 Mazkur yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining turmush darajasini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4