Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishning yangi bosqichi
янв.21
OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida
янв.21
Gemotologiya bo‘limida deputatlik o‘rganishlari
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATIDA: REPRODUKTIV SALOMATLIK, ZAMONAVIY TIBBIYOT VA SHAFFOFLIK!
янв.21
Mahalla tizimi — islohotlar ko‘zgusi: “Shodlik” mahallasida o‘rganishlar olib borildi
янв.21
PREZIDENT QARORI: IJTIMOIY HIMOYADA YANGI BOSQICH!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AMALDA!
янв.21
“Namuna” mahallasi — amaliy ishlar va yoshlar tashabbusi bilan haqiqiy namunaga aylanmoqda!
янв.21
YANGI TURAR JOY MAJMUALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Maktab ta’miri — deputatlar nazoratida
Deputatlik faoliyatini belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tizimli ravishda olib bormoqda.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati M. Gulboyev hamda Baxmal tuman Kengashi deputati Sh. Sodiqov tomonidan deputatlik faoliyatini belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tizimli ravishda olib bormoqda Baxmal tumani Muzbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 80-umumta’lim maktabida aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun yaratilgan sport sharoitlari o‘rganildi.

Tashrif davomida deputatlar maktabda mavjud sport inshootlari, jumladan sport zali, ochiq sport maydonchalari hamda o‘quvchilar foydalanishi uchun mo‘ljallangan sport anjomlarining mavjudligi va ularning texnik holatini atroflicha ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, sport jihozlarining yetarliligi, ularning zamonaviy talablarga javob berishi, o‘quvchilar hamda mahalla yoshlari tomonidan foydalanish imkoniyatlari ham tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida maktab ma’muriyati bilan suhbat o‘tkazilib, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, qo‘shimcha sport anjomlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda maktabda sport mashg‘ulotlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.Shu bilan birga, mahalla aholisi va o‘quvchilar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanishga qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga takliflar kiritish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 2