Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

   

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Islamova tomonidan Oqoltin tumani Axillik mahallasining yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda ayni paytda respublikamizda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayoni boshlanganini inobatga olib aholini roʻyxatga olish tadbirlariga bagʻishlangan, ularni faollikga chorlovchi targʻibot uchrashuvlarni tashkil etish boʻyicha kelishib olindi. 

Undan tashqari mahalla aholisi tomonidan mahallaning ayrim koʻchalarini taʼmirlash ishlari oxiriga yetkazilmay qolganligi toʻgʻrisisidagi murojaatlari haqida gaplashib, taʼminlash ishlarini oxiriga yetkazish choralarini koʻrish zarur ekanligi haqida gaplashib olindi 

Deputat muammo va takliflar ijrosini tegishli mutasadi rahbarlar bilan hamkorlikda hal qilish choralarini ko‘rishni ta’kidladi. 

   

✍️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 4