Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tashabbusi amaliyotining mezonlari belgilandi

Bunda, deputatlar loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib sifatida e’lon qilishi ularning “Ochiq budjet” portalidagi shaxsiy sahifalari orqali amalga oshiriladi.

📄 Shuningdek, qo‘shimcha g‘olib loyihalarni tanlab olish uchun quyidagi mezonlar belgilandi:

🟢 loyiha tegishli saylov okrugdagi hududda joylashgan bo‘lishi;

🟢 ovoz berish bosqichiga o‘tgan hamda kamida 50 ta ovoz to‘plagan bo‘lishi;

🟢 sherikchilik asosida moliyalashtirishda ishtirok etayotgan mahallaga tegishli loyiha bo‘lmasligi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan bir mahalladan ketma-ket ikki mavsumda loyihalarni tanlab olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

❗️ Agar tegishli mavsum doirasida deputatlar o‘z vakolatidan foydalanmasa, bu kelgusi mavsum(lar)da ushbu vakolatdan foydalanish huquqini bermaydi.