✅ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Y.Berdiyarov tomonidan Oqoltin tumani “Andijon” mahallasining yettiligi va saylovchilar bilan
uchrashuv tashkil etildi.
✅ Ushrashuvda mahalla yettiligi tomonidan Sirdaryo va Nurli yo‘l ko‘chalariga chiqindilarni tashishuvchi maxsus texnikalarning vaqtida kelmayotganligi, mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tizimining nosozligi, ko‘p qavatli uylar yonida qurilgan hojatxonalarning ta’mir talabligi kabi masalalarida takliflar tushdi.
✅
Deputat muammo va takliflar ijrosini tegishli mutasadi rahbarlar bilan hamkorlikda hal qilish choralarini ko‘rishni ta’kidladi.
✍️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.