18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
Bugun yurtimizning eng muqaddas ramzlaridan biri — Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.
Bayrog‘imiz — mustaqillik, tinchlik, ezgulik va milliy birlik timsoli. U xalqimizning faxri, g‘ururi va kelajakka bo‘lgan qat’iy intilishlarini ifodalaydi.
Davlat bayrog‘imizdagi har bir rang va belgi — xalqimizning tarixiy xotirasi, ma’naviy qadriyatlari, ezgu orzu-umidlari hamda kelajakka ishonchining ifodasidir.
U yurtimiz tinchligi, mustahkam taraqqiyoti va milliy birdamligimiz ramzi sifatida qadrlanadi.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz bayrog‘i doimo balandda hilpirab, Vatanimizning yorqin kelajagi yo‘lida ilhom va birlik manbai bo‘lib xizmat qilsin.
https://t.me/Andijon_shahar_kengashi