O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonuni asosida, Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish
uchun tuman ko‘maklashuvchi komissiyasini tuzishi belgilangan.
Mirobod tuman ko‘maklashuvchi komissiyasi tomonidan “Baynalminal” va “Navro‘z” MFY larida bo‘shab
qolgan mahalla raisi lavozimiga saylovni tashkil etish va o‘tkazish maqsadida, shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini inobatga olib, taqdim etilgan hujjatlar to‘plami bilan tanishib, mahalla raisi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan ishchi guruh suhbat o‘tkazdi.
Ko‘maklashuvchi komissiyaning ishchi guruh a’zolari, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari X.Z.Kayumov, F.A.Muxitdinova jarayonlarda faol ishtirok etdilar.