Joriy yilning 17-noyabr kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq 19-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishiga viloyat hokimining oʻrinbosarlari, tegishli viloyat boshqarmalari rahbarlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Jamol Rajabboyevich Ashurov boshqarib bordi.
Kun tartibidagi birinchi masala “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va davlat tiliga oid boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning viloyat hududida ijro etilishi hamda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiya faoliyati samaradorligi toʻgʻrisida viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Akbar Sayfullayevich Rustamov soʻzga chiqib, viloyatda davlat tiliga oid boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning viloyat hududida ijro etilishi holati haqida hisobot berdi.
Shundan soʻng sessiyada navbatdagi masala davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻining joriy yil 3-chorak yakuni boʻyicha viloyatda davlat mulkini xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti haqida davlat aktivlarini boshqarish agentligi
viloyat boshqarmasi boshligʻi Firdavs Yusupovich Norov hisobot berdi.
Shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning ham
fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.