💬Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
💬Mazkur masala yuzasidan Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori O.Jumayevning hisoboti eshitildi.
💬Komissiya a’zolari tomonidan har bir so‘mning manzilli va shaffof sarflanishi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yildi. Deputatlar mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan ro‘yxatlarni sinchiklab o‘rganib, haqiqatda ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolarga yordam yetib borishini nazoratga olishdi.
🫥Komissiya xulosasiga ko‘ra, mazkur masala bo‘yicha qaror loyihasi tasdiqlash uchun shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilab olindi.