Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat har bir fuqaroning murojaati yuzasidan amaliy yechim topish yo‘lida
янв.21
AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar nazoratida
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Termiz shahrida “Bayroq estafetasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida yurtimiz fuqarolarida milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va birlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida joriy yil oktabr-noyabr oylariga mo‘ljallangan media-rejasi ijrosi yuzasidan Termiz shahrining “Alpomish” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Termiz shahar “Alpomish” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi hamda obodonlashtirish ishlari samarali nazoratda
янв.21
Deputat Termizda maktabgacha ta’lim sharoitlari yaxshilanishini o‘rgandi
янв.21
Deputat “Impuls” klinikasida: tibbiyotda yangi bosqich sari
янв.21
Deputat va ustozlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston-AQSh munosabatlari

 O‘zbekiston-AQSh munosabatlari bugungi kunda sifat jihatidan yuksalish bosqichini boshdan kechirmoqda. Bu O‘zbekistonning ochiqlik, amaliy hamkorlik va manfaatlarni o‘zaro hurmat qilishga yo‘naltirilgan tashqi siyosati amaliy natijasidir. Bugungi kunda jahonda geosiyosiy vaziyat tez sur’atlarda o‘zgarib borayotgan bir sharoitda O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri yetakchi davlatlar bilan muvozanatli va amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. 

Xalq deputatlari Qibray tumani kengashi deputati Doniyor Yusupov tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorliklar haqida o‘z munosabatini bildirdi: 

–Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda davlatimiz rahbarining oqilona siyosati tufayli O‘zbekistonning nafaqat Amerika, balki dunyo mamlakatlari bilan ham aloqalari rivojlanib bormoqda. 

Joriy yil noyabr oyining boshida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqichni boshlab bergani nihoyatda quvonarli. 

Davlatimiz rahbarining AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi, “S5+1” formatidagi sammitdagi ishtiroki hamda yirik kompaniya va moliyaviy institutlar bilan bo‘lgan muloqotlari mamlakatimiz tashqi siyosatining pragmatik va manfaatlar asosidagi yo‘nalishini yana bir bor namoyon etdi. 

Mamlakatimiz yetakchisi o‘tgan o‘n yil davomida “S5+1” formati mintaqa davlatlari va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport va energetika aloqalarini mustahkamlash uchun samarali platformaga aylanganini ta’kidladi.
O‘z nutqida hamkorlikni yanada institutsional rivojlantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi.
 

“C5+1” bugun nafaqat mintaqadagi siyosiy jarayonlar, balki global barqarorlik masalalarida ham muhim rol o‘ynay boshladi. Yetakchilar iqtisodiy barqarorlikdan xavfsizlikkacha bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarda yakdil fikr bildirmoqda. Zero, Markaziy Osiyoning har bir davlatini yagona manfaat - barqaror rivojlanish, tinchlik va farovonlik yo‘li birlashtiradi.  

Shu o‘rinda davlatimiz rahbarining faol ishtirokini alohida ta’kidlash zarur. Chunki aynan O‘zbekistonning pragmatik va muvozanatli siyosatini tan olish natijasida Markaziy Osiyo “C5+1” formatidagi muloqotning asosiy drayveriga aylandi. Prezidentimiz tashabbusi sabab bu format yangi mazmun kasb etdi. Geosiyosiy emas, amaliy iqtisodiy va gumanitar hamkorlikka asoslangan mexanizm sifatida shakllandi.  

Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, tenglik va muvozanat prinsiplari bugun xalqaro munosabatlarda namuna bo‘lmoqda. AQSh ham ana shu jihatni tan olgan holda, O‘zbekiston fonida mintaqani mustaqil siyosiy markaz sifatida qabul qilyapti, uni global hamkorlikdagi teng sherik sifatida ko‘rmoqda. 

Sammitda davlatimiz rahbari bir qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi. Doimiy faoliyat yuritadigan Kotibiyatni tashkil etish, investitsiya va savdo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzish, “Markaziy Osiyo investitsiyaviy
sherikligi” jamg‘armasini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, muhim minerallarni qidirish, qazib olish va chuqur qayta ishlash borasidagi sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish uchun Maxsus qo‘mita tuzish, mintaqaviy agrotexnologik innovatsiyalar sherikligini tashkil etish kabi muhim tashabbuslar shular jumlasidandir.
 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar mintaqadagi barqarorlik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Chunki barqaror rivojlanishning asosi tinchlik, adolat va insonparvar siyosatdir. 

Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbarining AQShga tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichini boshlab berdi. Bu nafaqat ikki tomonlama munosabatlar rivoji, balki mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi, xalqaro
maydondagi obro‘si uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
 

   

Slide 1 of 1