Bolalar taqdiri — insonparvarlik va
mas’uliyat sinovida
Farg‘ona tumanida Xalq deputatlari
tuman Kengashi deputatlari Shuxratjon Raximov va Ozodaxon Dadajonova
uy-joyga muhtoj bo‘lgan chin yetim bolalar X.M. va Z.M. hayotiga daxldor
masalalarni o‘rganish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbariyati
bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuvda
markaz direktori U. Yuldashev va bosh ijtimoiy xodim A.Abdusattorov
ishtirok etib, bolalar uchun ajratilayotgan uy-joylar holati yuzasidan axborot berildi. O‘rganishlar
natijasida ma’lum bo‘lishicha, X.M. uchun mo‘ljallangan xonadon to‘liq jihozlangan
holda topshirilgan, ammo Z.M. uchun ajratilgan uyda quruvchi tomonidan pardozlash
ishlari kechiktirilgani sababli bolaga hali topshirilmagan.
Deputatlar bu holatni jiddiy muhokama
qilib, mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborish, ishni qat’iy nazoratga
olish va uyni tez fursatda bolaga topshirish bo‘yicha aniq choralar belgilab
oldilar.
— «Bolalar — bu
millatning vijdoni. Ularning har bir orzusi, har bir quvonchi uchun mas’ulmiz», — deb
ta’kidladi deputatlar.
Bu tashabbus Farg‘ona tumanida
insonparvarlik, mas’uliyat va mehr-oqibat tamoyillarining amaldagi ifodasi
bo‘lib xizmat qilmoqda.
Haqiqiy g‘amxo‘rlik — so‘zda emas,
amaldagina namoyon bo‘ladi.