DEPUTAT NAZORATI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 23-Kattabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati Abdulaxatova Sadoqat Nortojiyevna o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “Katta bog‘” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 8-umumta’lim maktabida deputatlik nazoratini amalga oshirdi.
Nazorat davomida maktabning sport zali, mavjud sport anjomlari va ularning texnik hamda sanitariya holati o‘rganildi. Deputat maktab rahbariyati, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazib, yoshlarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Deputat tomonidan aniqlangan muammolar tegishli tashkilotlarga yetkazilishi, ularning bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishi bildirildi.