Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tumanda aholining bandligini ta’minlash va ijtimoiy ehtiyojmand toifalarning mehnat bilan ta’minlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi.
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–98-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Zarbdor tumanida 2026-yilda ishsiz fuqarolarni ish o‘rinlariga joylashtirish va zaxiraga qo‘yish tartibi belgilandi.
Qarorga ko‘ra, tumanda ish beruvchilar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratish, mavjudlarini saqlab qolish va ehtiyojmand fuqarolarni ishga joylashtirish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, “Mehnat bozoridagi barqarorlikni ta’minlash” chora-tadbirlari doirasida ish beruvchi korxona va tashkilotlarga ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirishda kamida 3 foizli kvota ajratish belgilandi.
Qarorda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:
Qarorga muvofiq, ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish va ularga ehtiyojmand fuqarolarni joylashtirish jarayonida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda mahalla yetakchilari faol ishtirok etadilar.
Shuningdek, qaror ijrosini ommaviy axborot vositalarida yoritish “Zarbdor” gazetasi hamda tuman hokimligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.