"Mahalla yettiligi" faoliyati oʻrganildi
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi P-209-son Farmoniga asosan yo‘lga qo‘yilgan “mahalla yettiligi” faoliyati bo‘yicha Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Ashurov tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari X.Abduyusupov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i A.Kanakov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Inagamovlar ishtirokida “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish o‘tkazildi.
🔹O‘rganish davomida hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muddatli topshiriqlar berildi.