Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 13-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibida:
Chilonzor tumani adliya bo‘limining 2025-yil 9 oyi davomidagi faoliyati hamda tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2025-yil III-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Chilonzor tumanining 2025-yilga mo‘ljallangan mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi III-4-020-14-204-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishi 9 -sonli topshiriqlarining Chilonzor tumanidagi ijrosi hamda 2025-yil III-chorak davomida tumanda yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg'armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;
Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputatlari tomonidan 2025-yilning III-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishining reja-jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida;
Chilonzor tumani “VEOLIA ENERGY TAShKENT” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2025-yil yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati to‘g‘risida;
“Chilonzortumangaz” foydalanish xizmati korxonasi tomonidan 2025-yil yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati to‘g‘risida va boshqa masalalar muhokama etildi.
Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.