Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganib borilmoqda.
🔹Tuman deputatlari E.Shokirov va Y.Xolmurotov o‘rganishlari (https://t.me/bust_kengash/6618) natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, “Qoronqul” mahallasidagi 18-sonli maktabgacha va maktab tashkiloti hamda “Bo‘ston” mahallasi hududida istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroga homiylik asosida isitish tizimi radiatorlari yetkazib berildi.
🔹Tuman deputatlari tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.