Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
#deputat_hududlarda
#deputat_faoliyatining_eng_muhim_yoʻnalishlari
🔰 Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashi deputatilari Z.Safarova, M.Raxmatova, G‘.Po‘lotov tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, aholini kafolatlangan bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini o‘rganishdi.
🔰 Shuningdek deputatlar o‘rganish davomida birlashmada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Birlashmada isitish tizimlari, bino va inshootlarning texnik holati, bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati bilan tanishib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiyalar berdi.