Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengash deputati R. Xakimov va Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi deputati M. Sobirovlar 49-umumiy o‘rta taʼlim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi.
M.Sobirov hamda R. Xakimovlar tomonidan 49- umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktab binosining isitish tizimi, deraza va eshiklarning holati, o‘quv xonalarining sharoiti hamda xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida xalq vakillari ta’lim muassasasi jamoasi bilan suhbatlashib, o‘quvchilarning qulay va xavfsiz sharoitda ta’lim olishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini ta’kidladilar.