Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Barchinoy Sadikova 2025-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi.
Uchrashuv “Yangisanoat” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda deputat Kengashning doimiy komissiyasi faoliyati, sessiyada muhokama qilingan masala hamda fuqaroning hayotini yaxshilashga qaratilgan tashabbus haqida to‘xtaldi.
Deputat tomonidan fuqarolarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohot, infratuzilma loyihasi hamda Prezidentimizning xalq farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi. Davlat rahbarining mahalla jamg‘armasi va faollar bilan o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ko‘tarilgan dolzarb masala— oila va farzand tarbiyasi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik oldini olish, to‘y va marosimda isrofgarchilikni kamaytirish, oilaviy mablag‘ni farzand ta’limi va tarbiyasiga yo‘naltirishning ahamiyati xususida ham atroflicha fikr yuritildi.