Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Akram Abdumurodov 2025-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, unda ijtimoiy soha vakillari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Axborot davomida deputat o‘tgan chorakda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida Akram Abdumurodov saylovchilarga murojaat qilib shunday dedi:
“Agar hamkorlikda, bir yoqadan bosh chiqarib ishlasak, hududimizda muammolar qolmaydi. Muammolarni bir kunda hal etish oson emas, lekin yechim topish uchun harakatlarimizni to‘xtatmaymiz. Natija, albatta, bo‘ladi.”
Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida vazifalar uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.