Buloqboshi tuman Kengashi Deputatlari o'z saylov okruglaridagi ijtimoiy soha obyektlarini Kuz-qish
mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini faol o'rganib, doimiy ravishda nazorat qilib kelishmoqda. Jumladan deputat Xolmatova Nasima tomonidan "Soxibkor" MFYdagi 27-maktab ham tadbir nazoratidan chetda qolmadi. Deputatlar maktab binosining isitish tizimlari, yonilg'i zaxirasi va sinfxonalarni lozim darajada
isitilganligini ko'zdan kechirdilar.
Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari davomida tuman aholisining qulay yashash sharoitlarini yaratish, ijtimoiy infratuzilmaning barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida amaliy chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.