Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati Abdumalik Ermatov “Zuhro” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla aholisining turmush tarzi va kundalik hayotidagi muhim masalalarni oʻrgandi. Uchrashuvda mahalla yettiligi va faol fuqarolar ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi. Deputat A.Ermatov tomonidan aholini sovuq mavsumda issiqlik bilan taʼminlash, ijtimoiy soha muassasalari va koʻp qavatli uylardagi tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi.
Qishning sovuq kunlarini aholi uchun noqulayliklarsiz oʻtkazish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.