11-"Ittifoq" saylov okrugi hududidan saylangan tuman Kengashi deputati Ilyosbek Mamasoliyev va tuman Kengashi kotibiyati mas’ullari tumanning Sarqamish va Yangi hayot mahallarida gaz ta’minoti va ijtimoiy sohalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rgandilar. O‘rganish davomida bevosita "Mahalla yettiligi" bilan tuman Kengashi qarorlari ijrosi bo‘yicha suhbatlashildi.