Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
2025-yil 7-noyabr kuni Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati SH.Maxmudov hamda O'zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi S.Alijonova Oqbo‘yra MFYda mahalla yettiligi, nuroniylar, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Unda mahalla yettiligi vakillarining hisobotlari eshitildi. Jumladan, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan yil davomida turli ijtimoiy va madaniy tadbirlar amalga oshiriigan. MFYdagi sog‘liqni saqlash xizmatlari aholi ehtiyojlarini qondirishda tizimli ishlamoqda. Umumta’lim maktabining sport zali jihozlangan va faol ishlamoqda. Mahalla
yettiligi a’zolari, nuroniylar va faollar tomonidan mahalla rivoji, oilaviy muhitni mustahkamlash, to'y-hasham va marakalarni ixcham o'tkazish hamda
muammoli masalalarni hal etish yuzasidan qator taklif va fikrlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi chiqarilishi belgilab olindi.