Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi deputatlik guruhi bilan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

O'zLiDeP Termiz shahar Kengashi deputatlik guruhi rahbari tomonidan “O‘zbekiston– 2030”strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan 25-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida hamda partiyaning “Salomatlik sari” loyihasi doirasida Termiz shahridagi 23 260 ta aholiga tibbiy hizmat ko‘rsatadigan 3-sonli oilaviy poliklinikada “Sog‘lom tanda - sog‘lom aql!” shiori ostida tibbiy ko‘rik hamda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  

Mahallalarda “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati doirasidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirda O‘zLiDeP shahar Kengashi deputatlari, Termiz shahar tibbiyot birlashmasi birinchi o‘rinbosari B.Abraev, partiyaning Termiz shahar Kengashi apparat rahbari A.Tangirov hamda 3-sonli oilaviy poliklinika mudirasi N.Mamatalievalar ishtirok etishdi.

Slide 1 of 7