Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Murojaatnoma: mahallalarda ochiq muloqot
янв.21
Aholi muammolari joyida o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati Aminova Matluba Muxammadiyevna Charog‘bon mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Yangi Hayot mahallasida hokim yordamchisining faoliyati va chorak reja ijrosi o‘rganildi
янв.21
1-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputat Rajabov Qaxramon Xamzayevich saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Targ‘ibot
янв.21
Prezident Murojaatnomasi aholi o'rtasida keng targ'ib qilinmoqda
янв.21
Deputatlar ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha davra suhbati
янв.21
Tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining o'rinbosari Rafiq Qahhorov:
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi 14-“Zilol” saylov okrugidan saylangan deputat X.Xamdamova Jizzax shahar “Zilol” mahallasi yoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “mahalla yettiligi” aʼzosi B.Abduvaliyev ham ishtirok etdi.

Mahallada 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 2445 nafar aholi istiqomat qilib, ulardan 1237 nafari xotin-qizlardir. Aholining aksariyat qismini tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar, talabalar hamda davlat korxonalarida ishlovchi yoshlar tashkil etadi.

Muloqot davomida mahalla yoshlari bilan alohida suhbat olib borilib, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, bandlik masalalari, erta nikohlarning oldini olish kabi muhim mavzularda fikr almashildi. Shuningdek, mahalla yoshlari o‘rtasida volontyorlik harakatini yo‘lga qo‘yish maqsadida kichik guruh tashkil etish, yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish bo‘yicha turli tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Uchrashuv samimiy va mazmunli tarzda o‘tib, mahalla yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Slide 1 of 2