Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev Galabotir mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Uchrashuvda hududda olib borilayotgan islohotlar, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz ballonlari ta’minoti, yo‘l holati hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sayyor qabuldan so‘ng ayrim murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.