Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati O‘. Tangirovning deputatlik so‘roviga Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari T. Gulmurodov tomonidan javob xati taqdim etildi.
Javob xatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori ijrosi yuzasidan 17-Xo‘jayuz saylov okrugidagi “Xo‘jayuz” mahallasida joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish masalasi 2026-yil uchun Toyloq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, mazkur umumta’lim maktabida qurilish-rekonstruksiya ishlarini boshlash jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani bildirildi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook