Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun
янв.21
#deputat_so'rovi_ijrosi
янв.21
#deputat_so'rovi_ijrosi
янв.21
TOYLOQ TUMANIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR AMALIY NATIJA BERMОQDA
янв.21
Baxshitepa mahallasidagi Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 16-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat V.Qurbonova tomonidan hududdagi savdo va tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.
янв.21
BAXSHTEPA MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
“SOCHAKI BOLO” OILAVIY POLIKLINIKASIDA REKONSTRUKSIYA JARAYONLARI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA YARATILGAN ISH O‘RINLARI O‘RGANILDI
янв.21
Jamoatchilik nazorati – ochiq va hisobdor davlat boshqaruvining muhim omili
Jamoatchilik nazorati – ochiq va hisobdor davlat boshqaruvining muhim omili

🔍Bugungi kunda mamlakatimizda ochiq, shaffof va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur jarayonda jamoatchilik nazorati instituti davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimiga erishishda muhim mexanizm sifatida namoyon bo‘lmoqda.
🔍O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etishi, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslari mustahkamlab qo‘yilgan. Bu esa davlat organlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda jamiyatda adolat va qonuniylik tamoyillarini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.
🔍Ayniqsa, mahalliy vakillik organlari faoliyatida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Xususan, Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, hududlardagi ijtimoiy muammolarni tahlil qilish, davlat tashkilotlari mas’ulari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
🔍Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar tuman Kengashi tomonidan 28 ta deputatlik so‘rovi yuborilgani hududlardagi muammolarni bartaraf etish, mutasaddi tashkilotlar mas’uliyatini oshirish hamda aholi murojaatlariga yechim topishga qaratilgan amaliy ishlar izchil olib borilayotganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 18 ta masalaning jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani qaror qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar fikrini inobatga olish borasida muhim qadam bo‘lmoqda.
🔍Alohida ta’kidlash joizki, Kengash deputatlari jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Deputatlar tomonidan saylov okruglarida aholi bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazish, ijtimoiy soha ob’yektlari va infratuzilma holatini o‘rganish, muammolarni joyiga chiqqan holda tahlil qilish, mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining axborot va hisobotlarini eshitish amaliyoti kengayib borayotgani kuzatilmoqda.
🔍Bu esa joylarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash hamda aholining deputatlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, Kengash faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali jami 775 ta chiqish amalga oshirilgani aholini tezkor va xolis axborot bilan ta’minlash, jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🔍Bundan tashqari, joriy yil davomida tuman Kengashi tomonidan qabul qilingan 61 ta qaror hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini hal etish, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda jamoatchilik manfaatlarini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.
🔍Xulosa qilib aytganda, jamoatchilik nazorati demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, aholi muammolarini hal etish, qonun ustuvorligini mustahkamlashda mazkur institutning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu borada Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi va deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joylarda jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmi shakllanib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Raxmatov Fotex
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi,
tuman Kengashi deputati,
“Adolat” SDP a’zosi