Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2026-yil 4–8-may kunlari ish rejasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar davomida hududlarda deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi.
Shuningdek, doimiy komissiyalar tomonidan tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, obodonlashtirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi holatlar o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari va tavsiyalar kiritildi.
Hafta davomida deputatlar tomonidan mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar қабул qilindi hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari, “Mahalla yettiligi” faoliyati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham deputatlar tomonidan nazorat tartibida o‘rganildi.
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
#Ish_reja_ijrosi
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook